Joriy yilning 16-aprel kuni Zarmed universitetining Buxoro kampusida talabalar va bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan "Job Day" (Karyera kuni) tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda "Milliy bank" va "Aloqabank" kabi nufuzli muassasalarning mas'ul xodimlari hamda o‘zining shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan talabamiz Iqlima Shamsiyeva ishtirok etishdi. Spikerlar yoshlarga o'zlarining boy tajribalari, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar va karyera qurish sirlari haqida qimmatli maslahatlar berdilar.
Uchrashuv davomida talabalar turli kompaniyalardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishish, ish beruvchilarga o‘z rezyumelarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etish va kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu loyiha yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tadbirda faollik ko‘rsatgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!