Tadbir davomida taniqli xonanda Shoxruhxon ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi va bitiruvchilar uchun bu kun yanada esda qolarli bo‘ldi.
Bugun esa kechagi bitiruvchilarimiz allaqachon o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish faoliyatini boshlagan, boshqalari esa magistratura va klinik ordinatura bosqichlarida ta’limini davom ettirmoqda.
Universitetdagi yillar ortda qoldi, ammo u yerda boshlangan yo‘l endi haqiqiy kasbiy hayotda davom etadi.
Barcha bitiruvchilarimizga katta marralar, kasbiy muvaffaqiyat va munosib kelajak tilaymiz. ZARMED nomini o‘z yutuqlaringiz bilan yanada baland ko‘tarishingizga ishonamiz! 💙