ZARMED Pratiksha Universitet klinikasi direktori Dalerov Amir Dilshodovich “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof uning sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda xalq salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyatining munosib bahosidir.
Dalerov Amir Dilshodovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!