ZARMED Universiteti xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Indoneziyaning bir qator nufuzli universitetlari bilan memorandum imzoladi:
Muhammadiyah University of Surakarta
Muhammadiyah University of Purwokerto
Muhammadiyah University of Yogyakarta
Memorandumlar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiyalarga birgalikda rahbarlik qilish, akademik dasturlarni takomillashtirish, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish hamda akademik almashinuvlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bu ZARMED Universitetining xalqaro hamkorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.