12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan ZARMED Universiteti Buxoro kampusida hamshiralar va tibbiyot sohasi vakillari uchun bayramona tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida hamshiralik kasbining jamiyatdagi o‘rni, inson salomatligini asrashdagi fidokorona mehnati va tibbiyotdagi muhim ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, samimiy tabriklar va iliq muhit tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.