12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan ZARMED Universiteti Samarqand kampusida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalari o‘rtasida imtihon va turli musobaqalar o‘tkazildi.
Jarayon davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan talabalarga diplomlar topshirildi.
Bunday loyihalar talabalarning kasbiy rivojlanishi, raqobat muhiti va hamshiralik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.