ZARMED Universitetida professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-uslubiy master-klass bo‘lib o‘tdi
ZARMED Universitetida professor-o‘qituvchilar uchun hozirgi zamon dolzarb o‘qitish texnologiyalari, xususan, Case study (keys stadi) o‘qitish usulidan ta’lim jarayonida foydalanish va uni amaliyotga tatbiq etish mavzusida ilmiy-uslubiy master-klass tashkil etildi.
Master-klass binar ma’ruza shaklida o‘tkazilib, nazariy bilimlar amaliy misollar bilan uyg‘unlashtirildi.
Mashg‘ulot jarayonida Case study metodining o‘quv jarayonidagi samaradorligi, uni darslarda qo‘llash mexanizmlari hamda real vaziyatlar asosida tahlil qilish imkoniyatlari yoritildi.
Mazkur master-klass professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.





