ZARMEDda HEMIS bo‘yicha seminar-trening

ZARMEDda HEMIS bo‘yicha seminar-trening

 

ZARMED Universitetida HEMIS platformasining yangi imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar-trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi 

 

Mazkur seminar universitet professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Registrar ofisi mutaxassislari tomonidan tashkil etildi. Trening davomida HEMIS platformasining yangilangan funksiyalari, o‘quv jarayonini raqamlashtirish, fanlar, baholash tizimi hamda akademik ma’lumotlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminar ishtirokchilari platformadan foydalanish jarayonida uchraydigan savollariga batafsil javoblar olib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.