Samarqand kampusida "Yil sarhisobi" tadbiri

Samarqand kampusida "Yil sarhisobi" tadbiri

14-iyun kuni ZARMED Universitetining Samarqand kampusida "Yil sarhisobi" nomli yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda talabalar, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida universitetning yil davomida erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan loyihalar va kelgusidagi rejalari taqdim etildi. Ishtirokchilar ushbu ma’lumotlardan chuqur taassurot oldilar.

Ota-onalar uchun universitet infratuzilmasi, ta’lim jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Bu esa ularda farzandlari ta’lim olayotgan dargohga nisbatan ishonch uyg‘otdi.

Tadbir iliq muhitda o‘tdi va talaba hamjamiyati bilan bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur an’ana ZARMEDda muntazam ravishda davom ettiriladi