ZARMED Universitetining Samarqand kampusi jamoasi bilan yil yakunlariga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kampus rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, ilmiy va tashkiliy faoliyat natijalari muhokama qilindi.