Davolash yo'nalishi talabalari uchun konsultatsiya

Davolash yo'nalishi talabalari uchun konsultatsiya

Klinik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Toshinova Laylo Xolmurotovna tomonidan 1-kurs "Davolash ishi" yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga yozgi malakaviy amaliyot bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Konsultatsiya davomida talabalarga amaliyot jarayonidagi asosiy vazifalar, klinik muhitga moslashish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.