ZARMED University'da 1-Respublika fan olimpiadasi!

ZARMED University'da 1-Respublika fan olimpiadasi!

"Ijtimoiy, iqtisodiy, filologik va aniq fanlar" yo'nalishlarida 20 dan ortiq oliygohning 100 dan ziyod talabalari 7 ta fan bo'yicha bellashishdi.

Olimpiada ikki bosqichda — test sinovi va yozma imtihon shaklida o'tkazildi. 

Har ikki bosqich yakuniga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 21 nafar talaba g‘olib deb topildi.

G‘oliblarga diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari topshirildi.