ZARMED Universiteti talabalari Hazrati Xizr va Shohizinda ziyoratgohlariga tashrif buyurdi
ZARMED Universitetining Stomatologiya hamda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari 1-kurs talabalari Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar — Hazrati Xizr masjidi va Shohizinda majmuasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar ushbu tarixiy va ma’naviy maskanlarning boy tarixi, me’moriy merosi hamda xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ziyoratgohlarda amalga oshirilgan sayohat talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning tarixiy merosimizni chuqurroq anglashiga, vatanparvarlik ruhini kuchaytirishiga hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborini oshirishga yordam beradi.






