Buyuk siymolar xotirasiga bag‘ishlangan kecha

Buyuk siymolar xotirasiga bag‘ishlangan kecha

ZARMED Universitetida buyuk siymolar xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi 

ZARMED Universiteti Samarqand kampusida Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan «Zamindan samoga qadar…» nomli ilmiy-badiiy-adabiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, Samarqand teleradiokompaniyasi muharriri Dilbar Voseyeva, navoiyshunos olima Iroda Pardayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim Eshonqulova, shuningdek, Samarqand shahar 3-son bolalar va o‘smirlar musiqa maktabi o‘qituvchi hamda talabalari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va qiziqishni yanada mustahkamlab, ma’naviy kamolot sari muhim qadam bo‘ldi.