Adabiyotning ikki buyuk siymolari

Adabiyotning ikki buyuk siymolari

Adabiyotning ikki buyuk siymolariga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi 

ZARMED Universiteti Chet tillar kafedrasi hamda So‘zangaron Abu ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamkorligida “Adabiyotning ikki buyuk siymolari: Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida buyuk adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, badiiy chiqishlar hamda she’r va g‘azallar namoyish etildi. 

Ushbu uchrashuv yoshlar ongida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.