Buyuk ajdodlar merosi — bizning ilhom manbaimizdir
ZARMED Universiteti Samarqand kampusida buyuk mutafakkir va so‘z sultoni — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Navoiy ijodidan g‘azallar o‘qilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv yoshlar qalbida milliy qadriyatlar, adabiyot va ma’naviyatga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamladi.








