Umummilliy onlayn so‘rovnoma boshlandi
Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosi doirasida ta’lim sifatini oshirish va ta’lim xizmatlarini takomillashtirish maqsadida Umummilliy talabalar va professor-o‘qituvchilar onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu so‘rovnoma orqali siz ta’lim sifati, o‘quv jarayonlari va mavjud sharoitlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish imkoniyatiga egasiz.
📅 So‘rovnoma muddati: 2026-yil 7-fevralga qadar
👥 Kimlar uchun: barcha OTMlarning bakalavr va magistr talabalari hamda professor-o‘qituvchilari
🌐 Ishtirok etish havolasi: https://survey.hemis.uz/
So‘rovnoma natijalari davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini aniqlashda muhim mezonlardan biri sifatida hisobga olinadi.
Shu sababli, barcha talabalar va pedagoglarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning fikringiz — ta’lim sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam!