ZARMED Universiteti talabasi — Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
ZARMED Universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 4-kurs talabasi Yo‘ldoshova Shalola Madaminjon qizi 2025/2026-o‘quv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur stipendiya — bilim, mehnat va yuqori akademik salohiyatning yuksak e’tirofi hisoblanadi. Shalolaning ushbu yutug‘i universitetimiz talabalari orasida ilm-fan va o‘qishga bo‘lgan mas’uliyat, intilish va qat’iyatning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Universitetimiz jamoasi nomidan Shalolani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ta’lim va professional faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va doimiy zafarlar tilaymiz!