Yosh tarixchilar to‘garagining mashg‘uloti

Yosh tarixchilar to‘garagining mashg‘uloti

Samarqand kampusida Yosh tarixchilar to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

30-yanvar kuni ZARMED Universiteti Muhandislik-iqtisodiyot va gumanitar fanlar instituti Samarqand kampusida “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” tashabbusi bilan Yosh tarixchilar to‘garagining 5-sonli mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 

Mashg‘ulot davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
— ZARMED Universitetida talabalar bilimini baholash mezonlari va uning mazmun-mohiyati;
— Ilmiy maqola va tezis yozishda adabiyotlardan samarali foydalanish usullari;
— Ilmiy tadqiqotning asosiy usullari va bosqichlari.

Ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otib, savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan boyitildi. Tadbir yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.