ZARMED Universitetida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Universitetimizda Xotin-qizlar kengashi hamda Pedagogika-psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan talaba-qizlarimizning ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan "Qizlarjon — iqtidor va mehr maskani" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalarimiz tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar, mahorat bilan ko‘rsatilgan sahna ko‘rinishlari hamda go‘zal rassomchilik namunalari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.








